TO‘XTANIYOZ OTA fermer xo‘jaligi “MAKON Marketing Forum 2022” IV xalqaro biznes-forumi va “2021-yil brendi” V mukofoti VIP hamkori
“MAKON Marketing Forum 2022” IV xalqaro biznes-forumi va “2021-yil brendi” V mukofoti VIP hamkori
TO‘XTANIYOZ OTA fermer xo‘jaligi va kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi
To`xtaniyoz ota – bu 1993-yildan beri faoliyat yuritadigan, barcha uchun sevimli kolbasa mahsulotlari brendidir. “To‘xtaniyoz ota” fermer xo‘jaligi kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun faqat o‘z ishlab chiqarishiga mansub go‘shtlardan foydalanadi.
Kompaniya ketma-ket uch yildan buyon Rossiyaning “Halol” sertifikatini oladi, 2020-yilda esa, O‘zbekistonda birinchi “Halol” sertifikatiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, fermer xo‘jaligining o‘z tovuq fermasi mavjud bo‘lib, bu tovuq go‘shtidan kolbasalar, sosiskalar va boshqa mahsulotlar tayyorlash imkonini beradi.
Mahsulot ishlab chiqarishda oliy navli qo‘shimchalar va ziravorlar ishlatiladi, fermer xo‘jaligi tomonidan ishlab chiqariladigan barcha mahsulot o‘ta qat'iy sifat nazoratidan o‘tadi.
Fermer xo‘jaligi faoliyati davomida u ishlab chiqaradigan mahsulot mamlakatning go‘sht va kolbasa mahsulotlari bozorida raqobatbardosh mahsulotga aylanib, iste'molchilar qalbidan munosib o‘rin ololdi. Nafaqat mahalliy, balki xorijiy tanlovlar va ko‘rgazmalarning ko‘p sonli mukofotlari va sovrinlari shunga dalolat qiladi.