Brendlar va agentliklar marketing samaradorligining 2022-yilgi yakuniy reytingi

30 Декабрь, 2022

O‘zbekiston marketing uyushmasi talqiniga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistondagi mashhur brendlar va agentliklarning yirik kasbiy tanlovlar va mukofotlardagi yutuqlarining yakuni e'lon qilindi.

Uyushma tomonidan Brendlar va agentliklar marketing samaradorligi reytingi 2021-yildan buyon tuzib kelinadi va 25 ta eng yirik mahalliy va xalqaro tanlovlarda erishilgan yutuqlar uchun beriladigan ballarni to‘plashga asoslangan. Har bir kasbiy tanlovga uning obro‘si va murakkabligi darajasiga qarab koeffitsient beriladi. Reytingni tashkil etish uslubiyatining batafsil tavsifi marketing.uz saytida keltirilgan.

Reyting bilan tanishish

Reytingdan ko‘zlangan maqsad:

– Reyting eng samarali marketing strategiyalariga oid yechimlar va natijalarni baholash imkonini beradi;

– O‘zbekiston hududidagi sifatli professional xizmatlar buyurtmachilari va yetkazib beruvchilarining shaffof bozorini shakllantirishga xizmat qiladi;

– Brendlar va agentliklar tomonidan marketing vositalaridan foydalanishning muvaffaqiyatliligi indikatori sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini rasman yuritayotgan barcha brendlar va agentliklar reyting ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. Brendlar va agentliklar uchun reytingda qatnashish bepuldir.

Reytingdagi o‘ringa nomzod bo‘lish uchun brendlar va agentliklar Reyting ro‘yxatida ko‘rsatilgan kasbiy tanlovlarda short-listga kirishlari yoki sovrinli o‘rin egallashlari lozim. Reyting ma'lumotlari yil davomida, brendlar va agentliklarning tanlovda qatnashish to‘g‘risidagi axborot kelib tushishi bilan muntazam yangilab boradi.

2022-yilda reytingda 35 ta tarmoqqa mansub 498 ta brend va 12 ta yo‘nalish bo‘yicha 52 ta agentlik qatnashmoqda. Reytingdagi tarmoqlar yetakchilari:


Brendlar reytinglari
Savdo (11 ta ishtirokchi) – Ishonch

Bank xizmatlari (12 ) – Agrobank
To‘lov tizimlari (6 ) – Apelsin
HoReCa (81) – Safia
Mehmonxonalar va mehmon uylari (43) – HiltonTashkent City
Sug‘urta kompaniyalari (6) – Gross Insurance

Mobil operatorlar (5) – Beeline

Texnika (11) – Artel
Ishlab chiqarish (6) – Knauf Uzbekistan

Agentliklar reytingi
Brending (7 uchastnikov) – MANO
Kreativ (7) –
SMM (2) –
Strategiya, kreativ (4)
Digital (9)

Reytingda koeffitsientga ega har yilgi mahalliy tanlovlar:
«Yil brendi» mukofoti

TAF! Tanlovi

MYDAY mukofoti
EMBRAS mukofoti

O‘zbekiston mehmondo‘stlik milliy mukofoti

Reyting ishtirokchilari, faol brendlar va agentliklarni jasorati va g‘alabaga intilishi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Reyting natijalari erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, kelgusi yilda yangi ishlab chiqarish va moliyaviy cho‘qqilarni zabt etishda yordam beradi, deb umid qilamiz. O‘zbekiston marketing uyushmasi yangi 2023-yilda barchaga omad va farovonlik tilaydi!