7 oktyabrda beshinchi TAF!23 Toshkent reklama festivali o‘tkaziladi
14 Июль, 2023
Bu yil birinchi marta, ikkita tanlov e'lon qildik:
ekspertlar fikriga ko‘ra 19 ta nominasiyada tanlov va iste'molchilar fikriga ko‘ra, 8 ta nominasiyada «Yil reklamasi» tanlovi.
Ikkita tanlovda qatnashish nega zarur?
Ikkala tanlovda qatnashish majburiy emas, lekin maqsadga muvofiq.
Nega?
- G‘alaba qozonish imkoniyatingiz ikki baravarga oshadi.
- Bitta keys yoki reklamani bir nechta nominasiyaga taqdim etish imkoniyati ham tug‘iladi, bu esa g‘olib bo‘lish ehtimolini yanada oshiradi.
- Loyihangizni ekspertlar, xalqaro hay'at va minglab iste'molchilar ko‘radi.
- Va eng asosiysi! Loyihangiz festival saytga joylanadi hamda mamlakat festivallar tarixida saqlanib qoladi.
Faoliyatingiz natijasi eng yuqori baholarga munosib ekaniga men ishonaman!
TAF!23 tanlovi
"2023-yil reklamasi"
+ 97 402 28 20