Coca-Cola — Beverage partner MAKON Marketing Forum 2024

26 Март, 2024

CCI — ichimliklar ishlab chiqarish sohasida Turkiya, Pokiston, Qozog‘iston, Iroq, O‘zbekiston, Ozarboyjon, Iordaniya, Bangladesh, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Suriyada faoliyat yurituvchi ko‘pmillatli kompaniya.


CCI — ichimliklar ishlab chiqarish sohasida Turkiya, Pokiston, Qozog‘iston, Iroq, O‘zbekiston, Ozarboyjon, Iordaniya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Suriyada faoliyat yurituvchi ko‘pmillatli kompaniya. 2024 yilda CCI`ga Bangladesh ham qo'shildi.

“Coca-Cola” tizimidagi asosiy botlerlardan biri sifatida, CCI “The Coca-Cola Company”ning gazlangan va gazlanmagan ichimliklarini ishlab chiqaradi, tarqatadi va sotadi.

CCI`da 10 000 atrofida kishi ishlaydi va u jami 12 ta mamlakatda 31 ta zavodga ega bo‘lib, 430 million kishilik iste'mol bazasiga keng assortimentda ichimliklar taklif etadi.

2021-yil 29-sentabrda “Coca-Cola Bottlers Uzbekistan”dagi davlat ulushini sotib olish to‘g‘risida kelishuv imzolandi va shu bilan kompaniyani xususiylashtirish jarayoni nihoyasiga yetdi. Marosim Toshkentdagi iqtisodiy forum doirasida o‘tkazildi.

“CCI Uzbekistan” Toshkentda, Urganchda va Namanganda zavodlarga ega bo‘lib, ham bilvosita (distribyutorlar orqali an'anaviy, chakana mijozlarga), ham bevosita (mahalliy va zamonaviy chakana mijozlarga) mahsulot sotadi.