Kun brendi — APEXPIZZA
E'tiboringizga «Yil brendi» rukni doirasida tanlov qatnashchisini taqdim etamiz
APEXPIZZA — pitssaxonalar tarmog‘i. Kompaniya o‘z faoliyatini 2018-yilda boshlagan. Asos solingandan buyon, favqulodda mazali pitssa va tezda yetkazib berish evaziga kompaniya iste'molchilar hurmatiga erisha oldi. Bugungi kunda Toshkentda va hududlarda 13 ta filiali ochilgan.
Kompaniya tarixidagi eng yorqin voqyealardan biri 2022-yil 22-martda ro‘y bergan — Tashkent City hududida APEXPIZZA 122 metrli pitssa tayyorladi. Bu keys bilan kompaniya «2022-yil brendi» mukofotida qatnashdi va HoReCa nominatsiyasida iste'molchilar fikriga ko‘ra birinchi o‘rinni egalladi. 2023-yildan boshlab kompaniya O‘zbekiston marketing uyushmasining premium-hamkori sanaladi.
Shuningdek, 2023-yil kuzida APEXPIZZA “Franchising Expo” ko‘rgazmasida qatnashib, u yerda o‘zini yorqin namoyon etdi va o‘z franshizasini yo‘lga qo‘yganligini e'lon qildi.
Bugungi kunda kompaniya O‘zbekiston bozorida faol rivojlanmoqda va allaqachon qo‘shni mamlakatlarga chiqishni rejalashtirgan.