Yangi premium-hamkorimiz – "Unicom Distribution" kompaniyasini taqdim etamiz.

19 Январь, 2024

Yangi premium-hamkorimiz – "Unicom Distribution" kompaniyasini taqdim etamiz.


Kompaniya asoschisi va rahbari — Xolxo‘jayev Saidahmad Qobilxo‘jaevich


1994-1996-yillarda "Unicom Distribution" kompaniyasi avtomobil texnik jihozlari savdosi bilan o'z faoliyatini boshladi.

Tadbirkorlik sohasida yildan-yilga tajribasi ortib o’sib borayotgan kompaniya 2006-yilga kelib qurilish sohasiga ham kirib keldi. U Turkiyadan O'zbekistonga turli xildagi qurilish mahsulotlarini olib kirishni yo'lga qo'ydi. 2008-yilda esa FMCG sektorida ham o’zini sinab ko’rishga qaror qildi. Bu yurtimiz bozorlariga mashhur "Procter & Gamble" kompaniyasining mahsulotlari kirib kelishiga sabab bo‘ldi.

Turkiyada ishlab chiqarilgan dunyoda yetakchi bir qator markalar, shu jumladan "Ariel", "Persil", "Head&Shoulders" va shu kabi ko’plab mahsulotlarni O'zbekiston bozorlariga olib kirish "Unicom Distribution" ning katta yutuqlaridan biri bo’lib qo'ldi.


Savdo sohasida anchagina tajribaga ega bo'lib olgan kompaniya 2014-yildan boshlab o'z faoliyatini distributsiya yo'nalishida davom ettirdi. 2016-yilda Turkiyaning bir qancha yirik kompaniyalari bilan muvaffaqiyatli shartnomalar tuzishga erishdi va
Turkiyaning:
▫️ “Procter and Gamble” kompaniyasining "Prima" brendi;
"Enka hijyen" kompaniyasiga qarashli
▫️ "Cushy Baby"
▫️ "Paddlers"
▫️ "Lulla baby" brendlarining;
▫️ "Eruslu" kompaniyasining "Sleepy" brendining
eksklyuziv dilleri aylandi.


Bundan tashqari Turkiyaning bir qator yetakchi kompaniyalarning distributorlik shartnomalarni imzolashga erishdi. Shular jumlasidan:
▫️ "Arsan kimya" kompaniyasining "Ultra Compact" brendi;
▫️ “Burda Bebek” kompaniyasining "Wee baby" bolalar mahsulotlari;
▫️ "Ezel kozmetik" kompaniyasining "Dermokil".
▫️ "American cosmetics" kompaniyasining "Enchanteur", "Rosa rea" brendlari ostidagi kosmetika va teri parvarishi mahsulotlarini to'g'ridan-to'g'ri O'zbekistonga olib kelish yo‘lga qo'yildi.


Instagram