25-avgustda har yilgi Reklama xodimlari kuni nishonlanadi!
20 Август, 2024
O‘zbekistonda bu bayram birinchi marta 2022-yilda nishonlandi.
Nega aynan 25-avgust ekani haqida bu yerda o‘qing.
Bayram munosabati bilan, reklama yaratish va tarqatishga aloqador bo‘lgan, yaxshi reklamani yoqtiradigan barchaga 23-avgustdan 25-avgustga qadar bayram fleshmobida qatnashishni taklif etamiz!
Fleshmobda qanday qatnashsa bo‘ladi?
- Shaxsiy va/yoki jamoaviy tabrik fotosi, videosi yoki otkritkasini tayyorlang
- Instagram`da storisga joylashtiring, @uzbekmarketing yoki @makon_marketing deb belgilang.
Eng kreativ tabriklar TAF!24 Toshkent reklama festivalida sovrinlarga ega bo‘ladi.
Kasbiy bayramlar – bu marketing va reklama faoliyati sohasidagi mutaxassislarga minnatdorlik va hurmat bildirish uchun ajoyib imkoniyatdir.
#adfleshmob