Marketing xizmatlarini rivojlantirish qo'mitasining yig'ilishi
19 Июль, 2022
O‘zbekistonda marketing xizmatlarini ko‘rsatuvchi agentliklar katalogini tuzish va tasniflash vaqti keldi!
18 iyul kuni Uyushma ofisida bo‘lib o‘tgan marketing xizmatlarini rivojlantirish qo‘mitasi yig‘ilishi ishtirokchilari shunday xulosaga kelishdi.
Biz ekotizim yaratish va marketing xizmatlari bozorini rivojlantirish, Uyushma tomonidan tavsiya etilgan agentliklarni tanlash mezonlarini muhokama qildik.
Yig‘ilishda ovoz berish natijalariga ko‘ra qo‘mita raisligiga saylangan “ARASHAN” kompaniyasi rahbari Shavkat Musinovning nomzodi ma’qullandi. Tabriklaymiz!