“MINIM BRAND DESIGN” brending agentligi maqomi o‘zgarganligi bilan tabriklaymiz hamda yangi, Premium hamkor maqomi bilan qutlaymiz.
Sharipov Lazizxo‘ja Agzamxo‘jayevich — Bosh direktor.
MINIM BRAND DESIGN — 2019-yildan buyon faoliyat yuritayotgan va to‘liq siklda xizmat ko‘rsatuvchi brending agentligi.
“Biz O‘zbekiston va MDH davlatlari kompaniyalari bilan hamkorlik qilamiz hamda ularning mahsulotlarini bozorga muvaffaqiyatli olib chiqishga yordam beramiz”.
MINIM'ning asosiy mijozlari — kichik va o‘rta biznes vakillari.
“Biz kuchli brending, ya’ni ko‘zga tashlanuvchi va sifatli qadoq dizayni, original neyming va esda qolarli logotip yaratishga ixtisoslashganmiz. Barcha ishlarimiz iste’molchi tajribasini har tomonlama o‘rganish asosida olib boriladi.”
MINIM shunchaki qadoq yaratmaydi, balki uni maqsadli auditoriya uchun eng jozibador holda taqdim etadi, bu esa auditoriya bilan samarali kommunikatsiya o‘rnatishga yordam beradi
MINIM jamoasi bilan ishlash orqali quyidagilarga ega bo‘lasiz:
✔️Raqobatchilar orasida ajralib turuvchi tushunarli va estetik jihatdan chiroyli qadoq dizayni.
✔️Mahsulot yoki xizmatingiz qiymatini aks ettiruvchi unikal neyming.
✔️Oson esda qoladigan va brendingiz xarakterini yaratadigan kreativ logotip.
✔️Raqobat hali shakllanmagan bozorda marketing strategiyasi.