Yangi “Kun qahramoni” ruknimiz doirasida yangi ishtirokchini sizga taqdim etamiz
Yangi “Kun qahramoni” ruknimiz doirasida yangi ishtirokchini sizga taqdim etamiz
Malik Karimov — “Korzinka” marketing boʻyicha direktori, "На бегу" telegram-kanali muallifi va Tashkent Runners, Ironman 70.3 hamjamiyatlari hamtashkilotchisi!
Malikning marketing va reklama sohasidagi tajribasi 17 yildan ziyod davrni qamrab oladi:
????Korzinka.uz ʻga qadar 7 yil “Nestle” kompaniyasida faoliyat yuritdi, shundan ikki yilida “Nestle Food Kazakhstan” qandolat mahsulotlari sotuvini rivojlantirish boʻyicha menejer boʻlib ishladi.
???? 5 yil “Nestle Uzbekistan”da NESCAFE va KITKAT brend-menejeri boʻldi.
???? 3 yil “Uzmarkazimpeks” davlat tashqi savdo kompaniyasida paxta tolasi eksporti bilan shugʻullandi, reklama-ishlab chiqarish yoʻnalishida ishladi.
Malik Karimov: “27 yil davomida biz ”Korzinka“ brendini chakana savdo oflayn-supermarketlari sohasidagi yetakchi sifatida bilardik. 2023-yilda ”Korzinka“ oʻz xaridorlari uchun toʻlaqonli omnikanal tajribani taʼminlovchi riteylning soyabonli brendi oʻlaroq rivojlandi va takomillashdi.
Onlayn buyurtirish ixlosmandlari uchun Oʻzbekistonda yangi boʻlgan darkstorga ega ”Korzinka Go“ servisi ishga tushirildi. Ulgurji xarid qiladiganlar uchun – mayda ulgurji formati taqdim qilindi. Har bir insonga yaqinroq boʻlish maqsadida ixchamroq format – ”Korzinka Mahalla“ joriy etildi. Va, tabiiyki, jamoa hammaga manzur supermarketlar formatini yanada yaxshiroq va mukammalroq qilishda davom etmoqda.
Bularning barchasiga professionallarning katta jamoasining joʻshqin faoliyati, global tajribaga ega mutaxassislarni jalb qilish, yangi jamoalar va boʻlimlar shakllanishi, shuningdek brend bilan uzoq yillar davomida birga borgan va rivojlanganlarning tinimsiz mehnati tufayli erishildi.”
BUGUN (22 dekabrda), SOAT 18:00da “MFaktor” da Malik Karimovning “Progressiv marketing: Strategiyadan — amaliyotga” mavzusidagi maʼruzasi boʻladi.
Maʼruzaga ➡️havola orqali yozilish mumkin.
▶️ Malik Karimovning “MAKON Marketing” YouTube-kanaliga bergan intervyusini siz bilan baham koʻramiz.