Qozogʻistonda 1000 ta futbol toʻpi boʻlgan maydon hosil qilishdi!

27 Февраль, 2024

Almati viloyatida gʻayrioddiy installyatsiya paydo boʻldi — bu 1000 ta futbol toʻpi joylashtirilgan katta maydon. Loyiha mualliflari bu nimani anglatishi va nima uchun yaratilganini soʻzlab berishdi.

Installyatsiya “Imkoniyatlar futbol maydoni” deb nomlanadi. Uning muallifi kichik shahar va qishloqlarda, yaʼni bolalar tajribali murabbiy bilan shugʻullanish imkoniga ega boʻlmagan joylarda bepul mashgʻulotlarni tashkil etadigan “Supernovas” bolalar notijorat loyihasidir. 1000 ta toʻpli maydon ana shu adolatsizlikni bartaraf etish, bolalar futboliga eʼtibor qaratish va Qozogʻistonda dadil gʻoyalarni amalga oshirish mumkinligini isbotlash uchun yaratilgan.

“Imkoniyatlar futbol maydoni” – yangi ufqlar ochilib chegaralar ahamiyatini yoʻqotadigan maydon.

Odatiy narsaga yangicha nigoh tashlash va hatto qor bosgan maydonlarda ham yangi dadil gʻoyalar oʻsib chiqishi mumkinligini isbotlash imkoniyati.

Biz — “Supernovas”, kichik shahar va qishloqlar bolalariga sport bilan shugʻullanish uchun teng imkoniyatlar taqdim etuvchi notijorat futbol loyihasimiz. Bizning maydonchalarimiz natijadan koʻra jarayon muhim boʻlgan xavfsiz hududdir.

Bu yerda biz anʼanaviy yondashuvlardan chetga chiqib, futbolning oʻzagi xilma - xillik va tenglik ekanligini qoʻrsatib berishga intilmoqdamiz.

“Supernovas” — “InDrive”dan xalqaro tashabbus boʻlib, u 2022-yildan beri Qozogʻiston boʻylab 9 ta seksiya ochgan.

Loyiha jamoasi har bir bola oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish imkoniyatiga ega boʻlgan doʻstona va ularni qoʻllab quvvatlovchi hamjamiyatni yaratadi. Shu bilan birga, “Supernovas”ning asosiy qadriyatlari — xavfsizlik, ochiqlik, pozitivlik, shaxsiy oʻsish, masʼuliyat va jamoaviy ruh doimo saqlanib qoladi.

“Supernovas“da bolalar har doim birinchi oʻrinda turadi. Biz ularning saʼy-harakatlarini ragʻbatlantiramiz, isteʼdodlarini rivojlantiramiz va oʻziga boʻlgan ishonchini mustahkamlaymiz. Bizning jamoa uchun barcha bolalar yulduzlar va biz ularning har bir yutugʻi bilan faxralanamiz. Bizning murabbiylarimiz shunchaki oʻyin texnikasini oʻrgatuvchi instruktor emas, balki, hayotiy koʻrsatmalar bilan boʻlishishga tayyor murabbiylardir. Biz murabbiylar tarkibini tayyorlashga masʼuliyat bilan yondashamiz, ularni uslubshunoslar va psixologlar yordamida turli manbalar bilan taʼminlaymiz” — deyishdi ”Supernovas“da.

SEED kreativ agentligi loyihasi.

Batafsil supernovas.indrive.com