O‘zbekiston tashqi reklama bozorida innovatsiyalar: “7Media Group” va GEOMOTIVE kelishuv imzoladilar

19 Март, 2024

6-martda 7Media va GEOMOTIVE hamkorlik kelishuvini imzoladilar. Endilikda 7Media LED-ekranlari raqamli ekranlarning barcha imkoniyatlari bilan ta'minlanadi.



Medifasadlarning eng yirik yetkazib beruvchisi – “7Media Group” va GEOMOTIVE tashqi reklama ekotizimi strategik hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladilar. Hamkorlik doirasida “7Media Group” medifasadlari DSP GEOMOTIVEga chiqishlar bo‘yicha tashqi reklama xarid qilish uchun ochiq bo‘ladi. Kelishuv natijasida reklama beruvchilar “7Media Group” LED-ekranlarida o‘z marketing maqsadlaridan kelib chiqib: muayyan kunlarda yoki vaqt intervalida roliklar qo‘yishlari, kontentni tezkor almashtirish va raqamli ekranlarning barcha imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

“7Media Group”ning barcha konstruksiyalari GEOMOTIVE marketpleysining bir qismi bo‘lmish METER tashqi reklamani rejalashtirish tizimida o‘lchash uchun ochiqdir. Bugungi kunda METER o‘lovch tizimi konstruksiyalar bo‘yicha statistikani taqdim etadi, shuningdek berilgan parametrlar bo‘yicha reklama kampaniyalarini rejalashtirishda yordam beradi.



“7 Media Group bosh direktori Dmitriy Lazarev: “7 Media Group” kompaniyasi portfelida faqat yuqori yorqinlikka ega, zamonaviy mediafasadlar mavjud. Brend va iste'molchi o‘rtasidagi sifatli muloqot uchun LED-ekranlardagi yuqori sifatli tasvirning ahamiyati konstruksiyaning joylashuvi va parametrlaridan aslo kam emasligiga aminmiz. Biz ekranni tanlashgagina emas, balki reklama vaqtini sotishimizga imkon beruvchi texnologik yechimlarga ham talabchanmiz. Endi bizning va hamkorlarimizning ekranlaridagi efir vaqti DSP GEOMOTIVE tizimida ochiq, biz reklama bozoridagi innovatsion yechimlarga tayyormiz”.



GEOMOTIVE texnik direktori va hamsohibi Aleksey Xaynovskiy – “GEOMOTIVE kompaniyasining asosiy vazifasi tashqi reklama sotib olish jarayonini sodda va hamyonbop qilishdir. Men GEOMOTIVEning O‘zbekistondagi eng yirik mediafasadlar operatori – “7Media Group” bilan hamkorligi reklama bozoriga yangi imkoniyatlar keltirishiga aminman. Biz aynan “7Media Group” kabi novator-kompaniyalar uchun texnologik yechimlar yaratamiz”.