O‘zbekiston marketing uyushmasining hamkori – “ORIAT Dono” radiostansiyasini 23 yoshi bilan qutlaymiz!

19 Декабрь, 2023

O‘zbekiston marketing uyushmasining hamkori – “ORIAT Dono” radiostansiyasini, uning asoschisi Shuhrat Yo‘ldoshev va direktori Baxtiyor Usmonov shaxsida, 23 yoshi bilan qutlaymiz!

Butun jamoaga uzluksiz taraqqiyot, omad, ajoyib muvaffaqiyat va yuksak g‘alabalar tilaymiz. Har bir kuningiz samaraga va unumli faoliyatga to‘la bo‘lsin!

Bizda o‘tgan yil MAKON Marketing YouTube-kanalimizda suratga olingan Shuhrat Yo‘ldoshevning intervyusi mavjud, unda suhbatdoshimiz o‘zbek reklamasining ilk qadamlari haqida so‘z yuritadi.