Minim Showreel 2024

08 Январь, 2025

Uyushmaning premium hamkori Minim dizayn agentligi 2024-yilda katta yutuqlarga erishdi.

Biz Minim’ning o‘sishi va professional rivojlanishidan mamnunmiz va bu yutuqlar bilan bo‘lishishni xohlaymiz.

Minim Showreel 2024

Agentlik jami 155 ta loyihani muvaffaqiyatli yakunladi, jumladan:

96 ta qadoq dizayni yaratildi;
113 ta logotip yaratildi;
35 ta neyming xizmatlari bajarildi.

Ichki jarayonlarni yaxshilash sari qadamlar:

Minim o‘z ish jarayonlarini yanada samarali qilish uchun bir qator muhim choralarni amalga oshirdi:

Yangi zamonaviy ofisga ko‘chib o‘tdi;

Konsultantlar yordamida ichki jarayonlarni to‘liq tizimlashtirdi, bu esa ish sifatini va samaradorligini oshirdi.

Minim o‘z brendini kuchaytirish uchun muhim qadamlar tashladi:

Rebrending orqali o‘z brendini yangiladi;

TAF festivalida Xalq tanlovi natijasida oltin medal sohibi bo‘ldi va eng faol ishtirokchi sifatida tan olindi.

Erishilgan yuridik va strategik yutuqlar:

NDS to‘lovchisi maqomiga erishdi;

IT Park rezidenti maqomiga ega bo‘ldi;

Marketing Assotsiatsiyasini premium partnyori sifatida maqomini mustahkamladi.

Ijtimoiy tashabbuslari:

Minim dizaynerlar uchun ijodiy bellashuv maydonini tashkil qildi, bu esa sohaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.

Minim biz bilan hamkorlikda 2025-yilda yanada yuqori marralarga erishishga intilayotganini alohida qayd etmoqchimiz.

Barcha yutuqlar uchun Minim agentligini tabriklaymiz va ular bilan uzoq muddatli hamkorligimizdan faxrlanamiz.