”Kun keysi” ruknida loyiha bo‘yicha ishlar natijalari bilan “Key Consulting” agentligi o‘rtoqlashadi.

02 Февраль, 2024

“Servisni xolis baholash — mana shu xizmat yuzasidan 2019-yilda “Safia” qandolat uyi bizga murojaat qildi.

Biznesning faol rivojlanishi va ta'lim tizimining joriy etilishi bilan, xodimlar bilimining darajasini, ish faoliyatiga yangi amaliyotlarni joriy qilish sur'atlarini va tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini kuzatib borish zarurati tug‘ildi.

“Maxfiy xaridor” — bu servisni muntazam nazorat qilib borishga va olingan natijalarga tezkor rioya qilishga yordam beruvchi tadqiqotdir.

Tashriflar 2019-yildan boshlab, har oyda o‘tkazildi. 8 ta filialdagi o‘rganishlar hajmi oyiga 16 tani tashkil qildi. 2024-yilda tashriflar soni oyiga 120 tagacha oshdi.

O‘rganishlar Toshkent, Andijon, Buxoro, Namangan, Qarshi, Farg‘ona va Shimkentda o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv tashrif-konsultatsiyani, xaridni amalga oshirish va jarayonni audioyozuvga yozib olishni o‘z ichiga olardi. Maxfiy xaridorning vazifasi “Safia” do‘konlarida sotuvchilar va kassirlar xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya qiladilarmi-yo‘qligini tekshirishdan iborat.

Quyidagilar baholandi: bir qator mezonlarga ko‘ra xodimlarning mijozga yo‘nalganligi, shuningdek ularning mahsulotni qanchalik bilishlari, masalan, pishiriq tarkibi haqida so‘zlayotganda dadillik yoki mijoz aytgan masalliq bo‘yicha mahsulotni tavsiya qilish.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, “Safia” tarmog‘i do‘konlarida xizmat ko‘rsatish sifati to‘g‘risidagi axborotni filiallar reytingini o‘z ichiga olgan batafsil hisobot taqdim etib borildi.

Biz “Safia”ga o‘z xizmatlari sifatini yaxshilash va bozordagi obro‘sini mustahkamlashda yordam berish imkoniyatidan faxrlanamiz.

+998 78 113 15 11
+998 90 174 87 06

Sayt
Telegram
Instagram