iTV, Tahrirchi | Tilmoch startapi bilan birgalikda maxsus loyihani ishga tushirdi.

22 Октябрь, 2024

iTV, Tahrirchi | Tilmoch startapi bilan birgalikda o'z platformasidagi film va seriallarga subtitrlar generatsiya qilishda Sun'iy Intellekt yordamidan foydalanuvchi maxsus loyihani ishga tushirdi.

iTV, o'z kontentini o'zbekchaga sifatli dublyaj qilishi anchadan beri ma'lum, endilikda bunga qo'shimcha o'laroq, tomoshabinlarda o'zlari sevgan film va seriallarni o'zbek tilidagi subtitrlar bilan ko'rish imkoni mavjud.

Bu — tomoshabinlar uchun yanada ko'proq imkoniyat yaratuvchi media-tech sanoatining rivoji va o'zbek tilidagi sifatli kontentni yoyishda oldinga tashlangan qadamdir.

Yangi sozlamalar — tarjima yanada aniqroq bo'lishi uchun, dialoglar konteksti hamda kitob va hujjatlardagi ulkan ma'lumotlarni qamrab oluvchi, "Tilmoch" intellektual tarjima tizimini o'z ichiga oladi.

Endi tomoshabinlar sevimli film va seriallaridan ularning asl tilida bahra olishlari va ayni onda o'zbekcha subtitrlar yordamida kontent atmosferasiga to'liq sho'ng'ishlari mumkin.

iTV — o'z kontent kutubxonasini o'zbek tilidagi subtitrlar bilan doimiy boyitib boradi va yangi trendlar o'rnatib, olg'a harakatlangan holda, soha rivojida ishonchli yetakchilik qiladi!