Investitsiya kompaniyalari va xalqaro moliya tashkilotlari moliyaviy xizmatlarning iqtisodiy jihatlari bilan bir qatorda yaratiladigan ijtimoiy va ekologik ta'sirlariga ham alohida urg‘u bermoqdalar.
So‘nggi yillarda investitsiya kompaniyalari va xalqaro moliya tashkilotlari moliyaviy xizmatlarning iqtisodiy jihatlari bilan bir qatorda yaratiladigan ijtimoiy va ekologik ta'sirlariga ham alohida urg‘u bermoqdalar.
E'tiborli jihati shundaki, asta sekinlik bilan xalqaro mezonlar asosida ish yuritishga o‘tayotgan o‘zimizning ba'zi qorako‘zlar ham faoliyatining ochiqlik va shaffofligini ta'minlash barobarida o‘z oldiga ijtimoiy va ekologik maqsadlarni qo‘yib, ularga erishish yo‘lida dadil qadamlar qo‘ymoqda.
Masalan, “Renesans” mikromoliya tashkiloti O‘zbekistondagi mikromoliya tashkilotlari orasida birinchi bo‘lib xalqaro ijtimoiy va ekologik reytingga ega bo‘libdi. “Microfinanza Rating” xalqaro reyting agentligi tomonidan tashkilotga sBB- darajasida reyting berilgan. Mazkur reyting tashkilotda ijtimoiy samaradorlikni boshqarish va mijozlarni himoya qilish tizimlari adekvat darajada yo‘lga qo‘yilganligini, uning faoliyati va missiyasi uyg‘unligi qoniqarli ekanligini anglatadi.
MFR hisobotida ta'kidlanishicha, tashkilot o‘z maqsad va vazifalarini amalga oshirish va belgilangan ijtimoiy vazifalarni ilgari surish uchun yetarli darajada samarali qobiliyatga ega, uning ijtimoiy maqsadlarga erishish ehtimoli yuqori.
Ma'lumot uchun: “Microfinanza Rating” dunyo miqyosidagi reyting agentligi bo‘lib, barqaror moliya sohasi uchun reyting va texnik ko‘mak taqdim etadi.
MFR — mikromoliyalashtirish sohasining dunyodagi eng faol va tajribali reyting agentliklaridan biridir.
Agentlik mutaxassislari 60 dan ortiq mamlakatlarda 480 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan. Agentlikning bosh ofisi Milan (Italiya)da joylashgan.
+998559000505