GROSS sug‘urta kompaniyasining Xavfsiz Harakat loyihasi Jolbors festivalida to‘rtta mukofotga sazovor bo‘ldi

30 Сентябрь, 2024

GROSS sug‘urta kompaniyasining Xavfsiz Harakat loyihasi Jolbors festivalida to‘rtta mukofotga sazovor bo‘ldi: "Ko‘chma belgilar" keysining muvaffaqiyati

22-sentyabr kuni Olmaotada Jolbors mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. GROSS sug‘urta kompaniyasining Xavfsiz Harakat loyihasi doirasida Uzum Market, "Sintez" agentligi va Vazari marketing agentligi bilan hamkorlikda yaratilgan "Ko‘chma belgilar" keysi bir yo‘la 4 ta mukofotni qo‘lga kiritdi.

Loyiha "Marketing" yo‘nalishida "Tajriba va brendni faollashtirish" nominatsiyasida oltin, "Matbuot va tashqi reklama" hamda "Media" yo‘nalishlarida "G‘oyalar" va "Bosma materiallardan ijodiy foydalanish" nominatsiyalarida kumush, "Strategiya" yo‘nalishida bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Xavfsiz Harakat loyihasi doirasida kattalar va bolalarni piyoda yo‘llarda yanada ko‘zga tashlanadigan qiluvchi nur qaytaruvchi elementli shopper sumkalar ishlab chiqildi. GROSS sug‘urta kompaniyasi, Uzum jamoasi, Toshkent shahar IIBB va Vazari marketing agentligi maktab o‘quvchilari uchun bir qator tadbirlar o‘tkazib, ularga yo‘llarda yurish qoidalarini tushuntirdi hamda piyodalar o‘tish joyi belgisi tushirilgan sumkalarni sovg‘a qildi. Sumkalar Uzum Market milliy marketpleysda sotuvga chiqdi. Shu bilan birga, platforma nafaqat komissiyani nolga tushirdi, balki shopperlar narxini ham pasaytirdi, shu orqali ularni mamlakatning Uzum Market yetkazib beradigan barcha 180 ta aholі punktlari uchun yanada maqbullaroq qildi.1-iyun kuni esa Uzum Market tarqatish punktlariga bolalari bilan buyurtma olishga kelgan barcha mijozlarga shopperlar sovg‘a qilindi.

- Yo‘llarda xavfsizlik - mamlakatimizning dolzarb muammolaridan biri. GROSS sug‘urta kompaniyasi sifatida biz polis egalarining avtohalokatda shikastlangan avtomobillarini ta’mirlash xarajatlarini qoplaymiz. Biroq, afsuski, YTHda jabrlanganlarning sog‘lig‘ini qayta tiklay olmaymiz. Biznesning ijtimoiy mas’uliyati tamoyillariga amal qilgan holda, 2023-yilda xavfsiz yo‘l harakatini targ‘ib qilish va shahar muhitini yaxshilash bo‘yicha katta loyihani boshlab yubordik. Bugun Xavfsiz Harakat ijtimoiy loyihasi befarq bo‘lmagan odamlar, biznes va hokimiyatning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan qulay va xavfsiz hayot uchun ko‘p narsa qila olishimizni isbotlamoqda, - dedi GROSS sug‘urta kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov.

- Toshkent shahar IIBB kompaniyani davlat darajasida qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash maqsadida Xavfsiz Harakat ijtimoiy loyihasining tashkilotchisi bo‘lib, tashabbusni qizg‘in qo‘llab-quvvatladi. Ushbu hamkorlik Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish tadbirlarida o‘zaro yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Zero, eng oddiy qoidalarga amal qilish ko‘plab odamlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlab qolish, oilalarni fojialardan asrash, bolalarning yetim qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, ota-onalar, turmush o‘rtoqlar, do‘stlar va yaqinlarning hayotini saqlab qolish imkonini beradi, — dedi podpolkovnik Nilufar Isaxanova, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining matbuot kotibi & Axborot multimedia markazi boshlig‘i.

- Loyiha ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun kreativ yechimlarni joriy etish bo‘yicha missiyamizning muhim qismiga aylandi. Ishimiz Red Jolbors festivalida e’tirof etilgani bilan faxrlanamiz. Ushbu loyiha yo‘llarda hayotni saqlab qolishda kreativlik va mas’uliyat qo‘l-qo‘lga bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi, - dedi "Sintez" agentligi direktori Farrux Sharif.

- Uzum Market jamoasi butun mamlakat bo‘ylab ulkan infratuzilmani yaratdi — va bu infratuzilma odamlarga yordam berishi, oddiy vazifalarni yechishni osonroq va xavfsizroq qilishi mumkin va lozim. Bu vazifa hatto yo‘lni kesib o‘tish bo‘lsa ham, YTH statistikasiga ko‘ra, bu har doim ham oson emas, — dedi Uzumda tashqi kommunikatsiyalar va ESG loyihalari bo‘yicha direktor Mariya Skorik. - "Sintez" va GROSSdagi hamkasblarimiz bilan birgalikda biz bolalar va kattalar xavfsizligiga o‘z hissamizni qo‘shishga harakat qildik, Uzum Market esa shopperlarning mavjudligini ta’minlash va ularni butun mamlakat bo‘ylab yetkazib berishni o‘z zimmasiga oldi.

- Xavfsiz Harakat loyihasi tobora ko‘proq e’tibor qozonayotganini kuzatish quvonarli. Bu esa ko‘proq haydovchilar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish muhimligini anglab yetayotgani, piyodalar va boshqa harakat ishtirokchilariga e’tiborli bo‘layotganini anglatadi. Ammo Xavfsiz Harakat loyihasi bu bilan cheklanib qolmaydi! Yana ko‘plab muhim qadamlar rejalashtirilgan bo‘lib, ularning har biri bizni yanada xavfsizroq yo‘llarga, inson hayotini saqlab qolishga yaqinlashtiradi, — dedi VAZARI kompaniyasining boshqaruvchi hamkori Veronika Komarova.

Xavfsiz Harakat — xavfsiz yo‘l harakatini targ‘ib qiluvchi keng ko‘lamli ijtimoiy loyiha. Loyiha tadbirlari xavfsiz piyodalar o‘tish joylarini tashkil etish, haydovchilik madaniyatini yuksaltirish, transport vositalari yo‘lovchilari xavfsizligini ta’minlash, qulay shahar muhitini yaratish kabi yo‘l harakati muammolariga e’tiborni jalb etishga qaratilgan.

Loyiha GROSS sug‘urta kompaniyasi tashabbusi bilan Toshkent shahar IIBB, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Uzum kompaniyasi, "Sintez" kreativ agentligi va ommaviy axborot vositalari (My5 - Mening Yurtim telekanali, Renessans TV, Platina.uz) hamkorligida yo‘lga qo‘yildi. Loyihani VAZARI marketing agentligi boshqarmoqda. 2023-yil oktyabr oyida ishga tushirilganidan buyon loyihaning umumiy qamrovi 12 milliondan ortiq kishini tashkil etdi.

Xavfsiz Harakat loyihasining asosiy tadbirlari:

  • "Belgilar" kampaniyasi. Ko‘pincha YTHga sabab bo‘ladigan yo‘l belgilariga rioya qilmaslik haqidagi ma’lumotlar butun mamlakat bo‘ylab LED-ekranlarda namoyish etilmoqda.
  • Yo‘ldan o‘tish belgisi tushirilgan yorug‘lik qaytaruvchi sumkalar. Xavfsiz Harakat maktab o‘quvchilariga yo‘llarda ko‘proq ko‘zga tashlanishlariga ko‘maklashdi.
  • Mashhurlar qo‘llab-quvvatlashi. Xavfsiz Harakat loyihasi uchun maxsus Anvar Jo‘rayev va rep ijrochisi Konsta "Yashagim kelar" qo‘shig‘ini yozib olishdi hamda avtohalokatdan omon qolgan odamlar bilan birgalikda klipda suratga tushishdi.
  • Baxt maktublari. Yil davomida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilar uchun maxsus avtosug‘urta shartlari.
  • Xalqaro Toshkent marafoni. Xavfsiz Harakat loyihasi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasini qo‘llab-quvvatladi va Kids Run, Shimoliy yurish musobaqalari g‘oliblariga hamda imkoniyati cheklangan sportchilarga qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.
  • Bolalarni himoya qilish kuni. Toshkent shahridagi "Uzum Market"ning 34 ta shoxobchasida ota-onasi bilan buyurtma olish uchun kelgan bolalarga yorug‘lik qaytaruvchi sumkalar sovg‘a qilindi.
  • Piyodalar uchun xavfsiz muhitga e’tiborni jalb qilish maqsadida Toshkent bo‘ylab 100 kilometrlik yurish.

Jolbors Festival — Markaziy Osiyodagi yetakchi reklama festivallaridan biri bo‘lib, har yili MDH mamlakatlaridan ijodkor sanoat vakillari to‘planadi.