E'tiboringizga yangi Premium-hamkor — “Stella group”ni taqdim etamiz

02 Февраль, 2024

Kompaniya ta'sischisi — Toshpo‘lotov Jo‘rabek Ibodovich.

“Stella group” — bu brendni samarali ilgarilatish va biznesni rivojlantirish bo‘yicha kompleks reklama xizmatlarini taqdim etuvchi kreativ reklama agentligidir.

—: “Biz orzularingizni voqyelikka aylantirishda, maqsadlaringizga tezroq erishishingizda va muvaffaqiyatli yetakchi bo‘lishingizda sizga yordam berishga tayyormiz”.

Bilbordlarda reklama joylashtirish
(160 dan ziyod reklama yuzalari).
LED-ekranlarda reklama joylashtirish
(25 ta LED-ekran).
Tashqi reklama ishlab chiqarishning to‘liq sikli.
Kreativ grafik va moushen dizaynerlik xizmatlari.
Biznes-sovg‘alar va yodgorlik buyumlari ishlab chiqarish.
Poligrafiya.