E'tiboringizga yangi imtiyozli hamkor — “Fido Studio”ni taqdim etamiz
Jamshid Xoliqulov — “Fido Studio” bosh direktori
“Fido Studio” 2021-yilda ta'sis etilgan. Dizayn-studiya sifatida rivojlanib, bugungi kunda to‘laqonli raqamli agentlik darajasiga yetishdi.
Kompaniya uchta asosiy yo‘nalishda ish yuritadi:
— Design
— Developing
— Digital Marketing
Kompaniya amalga oshirgan ishlar ichida ham mahalliy, ham xalqaro mijozlar uchun ko‘plab muvaffaqiyatli keyslar mavjud. Kompaniyaning o‘zi Londondagi “Uzbek Culture and Food Festival” uchun ishlanmani, Dubayda avtomobillar ijarasi uchun mo‘ljallangan “Seven Holding”, AQShda yuk tashishdagi shaxsiy avtomatizatsiyasi bo‘yicha “Datatrack” va “Novalinq” platformalari, Markaziy Osiyo startaplarini AQSh bozoriga olib kirishga qaratilgan “SilkRoad Innovation Hub” innovatsiyalar markazini ajratib ko‘rsatadi.
"Biznes uchun asosiy yechimimiz – bu brendning sifatli vizual kommunikatsiya qismidan boshlanib, sayt, ijtimoiy tarmoqlar va Seo-optimizatsiya, Google, Yandeksdagi reklamagacha bo‘lgan jaroyonni o'z ichiga oladi. Yondashuvimiz nafaqat tarmoq tendensiyalariga rioya etish, balki Global biznes davrida ham mijozlarimizga raqamli muhitda yetakchilardan bo‘lish imkonini beradi."