E'tiboringizga yangi hamkor — Ipoteka Bank OTP Groupni taqdim etamiz

12 Август, 2024

E'tiboringizga yangi hamkor — Ipoteka Bank OTP Groupni taqdim etamiz.

Aleksandr Rukavishnikov – Marketing va kommunikatsiyalar direksiyasi direktori
Dilnoza Mustafoyeva – Menejer

“Ipoteka Bank” xalqaro OTP guruhining bir qismi sanaladi va O‘zbekiston yirik banklari orasida beshinchi o‘rinni egallaydi – ipoteka aktivlari sektorida bozorning 7,6 foiziga egalik qiladi. Yirik korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatishdan tashqari, bank 1,5 million chakana mijozga ega va 40 ta filial hamda 123 ta mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazidan iborat tarmoq orqali faoliyat yuritadi. Keyingi uch yil ichida bank aktivlari har yili kredit portfelida o‘rtacha 20 foizga va depozitlar portfelida 24 foizga o‘sdi.

OTP guruhi Markaziy va Sharqiy Yevropadagi eng tez o‘sayotgan va yetakchi bank guruhlaridan biri sanaladi, unda Markaziy va Sharqiy Yevropadagi 12 ta mamlakatdan 41 000 nafar xodim ishlaydi.
Guruh 17,5 milliondan ziyod mijozga universal moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi.

Maqsadlar: OTP jadal o‘sayotgan O‘zbekiston bozorida olamshumul rejalarga ega, ular barcha asosiy yo‘nalishlarda “Ipoteka Bank”ning mavqyeni sezilarli mustahkamlashga qaratilgan.

“Ipoteka Bank” o‘z oldiga 2028-yilga borib bozordagi ulushini 20-25 foizga yetkazish va chakana kreditlash sohasida yetakchi bo‘lish; bozorning 15-17% ulushi bilan kundalik bank xizmatini ko‘rsatishda uchinchi o‘rinni egallash vazifasini qo‘ygan.

BANK QADRIYATLARI
1. Barqarorlik – mustahkam kapitalizatsiya, boy tarix, ishonchlilik, kelajakka ishonch.
2. Ekspertiza – kompetentlik, g‘amxo‘rlik va e'tibor, mintaqaviy xususiyatlarni bilish.
3. Uzluksiz rivojlanish – mijozga yo‘naltirilganlik, innovatsiya, jo‘shqinlik, mo‘ljalni yuqori olish, samaradorlik, raqamlashuv.
4. Barqarorlik – ijtimoiy va ekologik mas'uliyat, adolat, axloq.
5. Mas'uliyat: Biz jamiyat oldidagi ijtimoiy mas'uliyatni anglaymiz va barqaror rivojlanishga hamda mijozlarimiz va hamjamiyatning farovonligiga xizmat qiluvchi amaliyotlarni joriy etishga intilamiz.

Website | Facebook | Instagram | Telegram