Diqqat! Hurmatli hamkasblar va hamkorlar!
2- xalqaro “Digital Kyrgyzstan” PLAS-forumi boshlanishiga 2 haftadan kam vaqt qoldi! Bu sanani oʻz taqvimingizga saqlab qoʻying: 2024-yil, 28-fevral, “Sheraton” mehmonxonasi, Bishkek.
“Digital Kyrgyzstan” PLAS-forumi — bu shunchaki tadbir emas. Bu – tarmoq yetakchilari bilan uchrashish, gʻoyalar va tajriba almashish, shuningdek raqamli transformatsiyaning dolzarb masalalarini muhokama qilish imkoniyatidir. Ilhom olish va biznesingizni rivojlantirish uchun bizga qoʻshiling!
Bitta maydonchada tartibga soluvchilar, banklar, fintex-kompaniyalar, savdo riteyli, elektron tijorat va biznesning raqamli transformatsiyasi uchun yechimlar yetkazib beruvchilar jam boʻlishlaridan faxrlanamiz.
“Digital Kyrgyzstan” PLAS-forumida Visa, MBANK, Ayil Banka, Ozon, Wildberries, Glovo, Umay Grupp, “Kulikovskiy” SU, Lalafo, Binance va boshqa koʻplab kompaniyalarning yetakchilari va asosiy mutaxassislari toʻplanadilar.
Forumda QR Vazirlar Mahkamasi Raisi va QR Prezidenti Maʼmuriyatining rahbari Akilbek Japarov, shuningdek KR raqamli rivojlantirish vaziri Nuriya Kutnayeva chiqish qiladilar.
Asosiy mavzular sirasida:
— Raqamli jamiyat
— Fintex
— Toʻlov biznesi
— Davlat xizmatlari
— KOʻB
— Axborot xavfsizligi
— Biometriya
— e-Commerce va oflayn riteyl
— Islom moliyasi
— Kriptovalyutalar. Blockchain
— Web 3.0., SI, ChatGPT
— BNPL
Forum titul homiysi — Visa
Tadbir dasturi
Roʻyxatdan oʻtish
Ushbu nodir voqeaning bir qismiga aylanish imkoniyatini boy bermang.