E'tiboringizga «Kun brendi» rukni doirasida yangi qatnashchini taqdim etamiz

09 Февраль, 2024

«Yuksalish» — 2010-yildan buyon o'z mijozlarini yaqin qo'shni deb biluvchi va ularning hayot tarzini yuksalishtirish uchun harakat qilayotgan maishiy texnika, elektronika va uy uchun kerakli bo'lgan mebel mahsulotlar sotuvi bilan shug'ullanuvchi do'konlar tarmog'i.

— Tashkil etilganidan beri kompaniya o'zining hamyonop narxlari va bepul yetkazish va o'rnatib berish xizmatlari orqali o'z mijozlari ko'nglidan joy olgan. Va bugungi kunga qadar o'zining O'zbekiston bo'ylab 17 ta filialiga ega hisoblanadi!

"Biz «Yuksalish» do'konlar tarmog'i jamoasi o'z mijozlarimiz bilan uzoq yillik qadrdon va eski qo'shnilar bo'lib ketganmiz. 14 yil davomida o'z hududlarimizda mijozlarimiz bilan qishning sovuq, yozning issiq kunlarini ham birga o'tkazdik.

Shu vaqt davomida mijozlarimizning uylarida nima kam-u ko'stilari bo'lsa tortinmay biznikiga chiqishlari, o'z takliflarini yaqinlarim deb aytib berishlari bizga yoqadi. Ularning hayot tarzi o'sib borayotganini ko'rish biz uchun baxt"

"Barchangizni 14-fevral kuni Urganch shahrida ochiladigan navbatdagi yangi savdo markazimizning "Tantanali ochilish" marosimiga taklif qilamiz!"


Telegram