“Yil brendi 2023” mukofotining ekspert hay'ati bilan tanishing!

17 Апрель, 2024

25 ta nominatsiyada g‘oliblarni kimlar saralaydi?

Mukofot hay'ati O‘zbekiston marketing uyushmasining hamkorlari va ekspertlari – tegishli kasbiy tajriba va yutuqlarga ega marketing, reklama sohasidagi yetakchi mutaxassislardan tarkib topgan.

Bu yil hay'at ishida 198 nafar ekspert qatnashadi.

G‘oliblarni saralash mezonlari:
1. O‘tgan yil uchun oldinga qo‘yilgan biznes-vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilgani.
2. Marketing vazifalarni amalga oshirishdagi professionalizm.
3. Brend kuchayishini baholash va iste'molchilar sadoqatining oshishi.

Ovoz berish 2024-yil 1-mayga qadar davom etadi.
Hay'at tanloviga ko‘ra g‘oliblar 19-mayda “Humo Arena”da o‘tadigan “MAKON Sotuvchilar Davri” biznes-forumi doirasida e'lon qilinadi.

MAKON forumining sayti