«Yil brendi 2023» ko‘rgazmasi qatnashchisini taqdim etamiz — Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti

25 Апрель, 2024

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) — O‘zbekistondagi ilk xalqaro universitet. Oliy ta'lim dargohi 2002-yilda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan ta'sis etilgan.

  • Foundation xalqaro kursidan boshlab, doktorlik darajasigacha, 22 yildan buyon TXVU talabalarga o‘z akademik va karera maqsadlariga erishishlarida yordam beradi. Statistikaga ko‘ra, TXVUni yaqinda bitirganlarning 92 foizi o‘qishni tugatganlaridan keyin dastlabki olti oyda ish bilan ta'minlangan.

Universitet uchun 2023-yildagi asosiy yutuqlardan biri – bu TXVUning “Tadqiqotlarning jamiyatga ta'siri: Ijtimoiy fanlar” yo‘nalishida obro‘li “Scopus Awards 2023” mukofotiga sazovor bo‘lganidir. Qolaversa, xalqaro “Times Higher Education” tashkiloti TXVUni “Times Higher Education Impact Rankings” reytingida eng yaxshi universitet deb e'tirof etdi. Shuningdek, TXVUni 2021-yilda bitirgan Shahzod Umurzoqov, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol va tashabbuskor ishtiroki, o‘qish va ishdagi respublikaning “xalqaro obro‘sini oshirish va shuhratini ko‘tarish”ga hissa qo‘shgan muvaffaqiyatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan “Kelajak Bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

Ko‘rgazmaning barcha qatnashchilari

18–19-may, Humo Arena, kirish bepul

+998 97 402 28 20

www.wiut.uz