Yangi Premium hamkorni tanishtiramiz - UZTELECOM – O‘zbekistondagi telekommunikatsiya xizmatlarining yetakchisi.

16 Апрель, 2024

Bugungi kunda UZTELECOM shunchaki brend emas, u mamlakatning har bir aholisi uchun sifatli aloqa va undan foydalanish imkoniyatining haqiqiy ramzidir.

So‘nggi yillarda UZTELECOM sohada ulkan ishlarni amalga oshirdi. Texnik infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihani ishga tushirish va xizmatlar ko‘lamini sezilarli darajada kengaytirish orqali UZTELECOM O‘zbekistondagi soha yetakchisi maqomini mustahkamladi. Buni Kompaniyaning 2023-yilda olgan ko‘plab mukofotlari tasdiqlaydi, jumladan:

  • “Yil brendi” 2022-yilning yakuni bo‘yicha
  • Ookla versiyasi bo‘yicha, 2023-yilning 3-4 choragi bo‘yicha “Eng tezkor mobil tarmoq” va “Eng yaxshi mobil geyming tajribasi”
  • CC-Global Awards 2023 natijalariga ko‘ra “2023-yil MDH mamlakatlarining mintaqaviy operatori”
  • Brand Finance kompaniyasi tadqiqotiga ko'ra O‘zbekistonning top 10 brendlar orasidan birinchi o'rin

Website | Telegram | Facebook | Instagram