VII “Yil brendi 2023” mukofoti iste'molchilar ovoz berishi yakunlari to‘g‘risida komissiya qarori

08 Май, 2024

Hurmatli mukofot ishtirokchilari va ochiq ovoz berishning barcha qatnashchilari!

E'tiboringizga ovozlar to‘plash jarayonida, mavjud bo‘lmagan raqamlardan foydalanish bilan bog‘liq qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligini yetkazmoqchimiz. Bu holatlar kommunikatsiyaviy monitoring texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tkazilgan yalpi tekshiruv yordamida aniqlandi.

Ushbu fakt O‘zbekiston marketing uyushmasining soha mutaxassislari ishtirokidagi komissiyasi qarori bilan tasdiqlandi.

Mazkur qaror asosida “Yil brendi 2023” mukofoti saytining ovoz berish statistikasiga o‘zgartishlar kiritildi:

https://brendgoda-2023.marketing.uz/uz/#stat

24 ta nominatsiya bo‘yicha ovoz berishdan qatnashib, sevimli brendlarini qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiramiz!

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 18-19-mayda “Humo Arena”da,
“MAKON Sotuvchilar Davri” forumi doirasida o‘tkaziladi.

+998 97 402 28 20