Ucell – V TAF!23 Toshkent reklama festivalining rasmiy hamkori

11 Июль, 2023

Ucell – O‘zbekiston bozoridagi eng yirik telekommunikatsiya operatorlaridan biri. 2021-yilda Kompaniya Digital Holding qo‘shma korxonasi tarkibiga kirdi. Ucell investitsiyalari texnik qayta jihozlanish va xalqaro standartlarga muvofiq telekommunikatsiya infratuzilmasini shakllantirishga qaratilgan. Maqsad: mamlakatning barcha hududlaridagi abonentlarni hammabop sifatli aloqa va tezkor internet bilan ta'minlash.

Kompaniya quyidagi tamoyillarga amal qiladi: Sodda. Doim. Arzon – u keng aholi qatlamlari uchun mahsulotning qulayligi, ishonchliligi va hamyonbopligini anglatadi.
Ucell mahsulotlari va xizmatlari bilan www.ucell.uz saytida batafsil tanishish mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Ok.ru | YouTube