TBC Bank Uzbekistan - TAFning VIP hamkori!23

03 Август, 2023

TBC Bank Uzbekistan – “TAF!23” beshinchi Toshkent reklama festivalining VIP hamkori

Oʻzbekistondagi faoliyatini 2020-yilda boshlagan TBC Bank tez sur’at bilan rivojlanib bormoqda va mijozlarga innovatsion fintex platforma yordamida bank xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda. Bugun TBC UZ mobil ilovasi 3 milliondan koʻproq foydalanuvchilarga moliyaviy masalalarga yechim topishga yordam bermoqda.

TBC Bankning asosiy shiori – “Odamlar hayotini osonlashtiramiz”.
Raqamli texnologiyalarni hayotning barcha sohalariga joriy qilishga intiladigan TBC jamoasi navbatlar, ofislar, qogʻozli hujjatlar va murakkab formulalardan xoli bank yaratish uchun birlashgan.

Bundan tashqari, TBC Bank Uzbekistan jamiyat hayotini yaxshilashga qaratilgan madaniyat, san’at, sport va ekologik loyihalarni doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlab keladi.

Telegram | Instagram |Facebook | Linkedin
Youtube | Sayt