Ta’lim va sertifikatsiya qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

15 Июль, 2022


⚡️UYUSHMA YANGILIKLARI⚡️

Uyushma tuzilmasida asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha 7 ta qo‘mita tashkil etilgan.

QO‘MITALARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM

14 iyul kuni Ta’lim va sertifikatsiya qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Marketologlar uchun kasbiy ta’lim standartlarini ishlab chiqish, Uyushmaning ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari va o‘quv markazlari tomonidan taklif etilayotgan mavjud marketing bo‘yicha ta’lim dasturi bilan aloqasi, marketing sohasidagi lavozim va kasblar ro‘yxatini shakllantirish, marketologlar malakasini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda ovoz berish natijalariga ko‘ra qo‘mita raisligiga saylangan Tatyana Shalunovaning (PROFI TRAINING) nomzodi ma’qullandi. Tabriklaymiz!

Shuningdek, Uyushmaning yangi ekspertlarining tavsiyalari va qo‘mitaning keyingi uch oyga mo‘ljallangan ish rejasi masalalari ham muhokama qilindi.

Bugun Uyushma ofisida Tadqiqot va ekspertlar qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.