TAF!24 tanloviga video keysni qadoqlash

18 Июль, 2024

TAF!24 tanlovi ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlarni ochadi va keysingizni tanlovda qatnashish uchun professional darajada tayyorlash — festivalda qatnashish uchun arizani qadoqlashni taklif etadi.

✔️Puxta tayyorlangan qadoq keysingizning barcha kuchli tomonlarini ochiqlash va reklama kampaniyasini yaxshi tomonidan ko‘rsatishda yordam beradi.

Qadoqlash bo‘yicha hamkorning vazifasi — keys nominatsiya mezonlariga maksimal darajada javob berishi va loyiha hay'atning e'tiborini jalb qilishi uchun video keysida hay'at baho berishida muhim bo‘lgan asosiy masalalarga diqqatni jamlash borasida ishtirokchiga yordam berish.

✔️Qadoqlash xizmati mustaqil hamkorlar tomonidan ko‘rsatiladi, ishning vazifa va shartlari individual tarzda muhokama etiladi.

Keyslarni qadoqlash ixtiyoriy bo‘lib, TAF!24da qatnashishning majburiy sharti sanalmaydi.

Tez orada biz qadoqlash bo'yicha hamkor bilan tanishtiramiz.

Oltinchi TAF!24 uchun loyihalar qabuli esa, havola orqali davom etmoqda.

Konsultatsiya:
+998974022820

#TAF24