Sotuvchilarga bag‘ishlangan birinchi forum!

02 Апрель, 2024

Har birimiz sotuvchimiz! Biz muntazam o‘z bilimlarimiz, mahoratimiz, ko‘nikmalarimiz, vaqtimizni sotamiz. Ammo shunday mutaxassislar borki, ular uchun sotuv — bu kasb va hayot mazmunidir. https://youtu.be/sA5ZLsXQ9Vc

18-19-mayda sizni sotuvchi kasbiga bag‘ishlangan xalqaro “MAKON biznes-forum Sotuvchilar davri”ga taklif etamiz!

Forum “Humo Arena”da o‘tadi. Ikki kun davomida eng mashhur mahalliy amaliyotchi-ekspertlar: Murod Nazarov, Ibrohim G‘ulomov, Akmal Nasriddinov chiqishlaridan bahramand bo‘lasiz.

Shuningdek, taniqli chet ellik ekspertlar – Vladimir Yakuba, Vladistav Bermuda, Vladimir Marinovich va Vitaliy Golitsin chiqish qiladilar.

Forumning 2 kunida siz quyidagilarga ega bo‘lasiz:
sotuvlar hajmini oshirish uchun amaliy vositalar;
100 foizlik bitim formulasi;
yaxshi sotuvchi bo‘lish yo‘li;
o‘z ishida shuhrat qozonish siri;
oson va muvaffaqiyatli sotishda yordam beruvchi yangi bilimlar.

Shuningdek, siz eng mashhur brendlar ishtirokidagi birinchi “Yil brendi” ko‘rgazmasiga tashrif buyurasiz.

Forum dasturi

+998 97 402 28 20

Chiptalar iticket.uz saytida