Silk Road Samarkand — “MAKON Marketing Forum”ning VIP hamkori

18 Апрель, 2024

Silk Road Samarkand — noyob ko‘p profilli turistik kompleks bo‘lib, madaniy, amaliy va tibbiy turizm obyektlarini o‘zida jamlaydi. U nafaqat Samarqand, balki butun O‘zbekistonning zamonaviy diqqatga sazovor maskani sanaladi.

  • Kompleks hududida jahon darajasidagi 8 ta mehmonxona, eko-villalar, parklar, dam olish va sport hududlari, konseptual restoranlar, kafe va barlar, shuningdek xalqaro kongress-markaz, ekspomarkaz va madaniy ahamiyatga ega obyektlar joylashgan.

Biznesning asosiy yo‘nalishlari – bu turli MICE-tadbirlar o‘tkazish uchun maydonlar taqdim etish, yuqori toifada va qulay yashash uchun ichki va tashqi sayyohlarga xizmatlar ko‘rsatishdir. Shuningdek, to‘y tantanalarini, korporativ va konsertlar, shuningdek yirik sport tadbirlarini o‘tkazish.

Sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi tibbiy xizmatlar ko‘rsatish.

  • Madaniy-ko‘ngil ochish maydonchasi – Abadiy shahar – noyob amfiteatrga, hunarmandchilik-savdo nuqtlariga, o‘yin hududiga va ko‘plab restorand ham kafelarga ega etnografik park.

Silkroad-samarkand.com