Paynet assotsiatsiyaning assotsiativ hamkori hisoblanadi

04 Август, 2023

Uyushmaning yangi imtiyozli hamkori – Paynet to‘lovlar tizimini taqdim etamiz

Marketing bo‘limi boshlig‘i – Alijon Salimov

Paynet — O‘zbekiston bozoridagi eng yirik to‘lov tizimlaridan biri bo‘lib, o‘z faoliyatini 2005-yildan boshlagan. Bugungi kunda u 25 000 ta oflayn nuqtalarni va Paynetdan to‘ldirish, to‘lash, o‘tkazish hamda jamg‘arish uchun foydalanuvchi 20 mln kishini qamrab oladi.

Kompaniya investitsiyalari respublikada infratuzilmani va xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Maqsad: mamlakatning barcha hududlaridagi foydalanuvchilarni kompaniya xizmatidan foydalanishlarini ta'minlash.

Kompaniya soddalik, qulaylik va ishonchlilik tamoyillariga tayanadi – bu eng keng ko‘lamdagi aholi uchun mahsulotlar ochiqligining ramzidir. Paynet falsafasi moliyani har kim uchun soddaroq qilishdir. Toki har bir inson, yoshi va bilim darajasidan qat'i nazar, qiyinchiliksiz to‘lovni amalga oshirish, pul o‘tkazish yoki xizmatlar haqini to‘lashlari mumkin bo‘lsin.

Paynet mahsulotlari va xizmatlari bilan paynet.uz saytida batafsil tanishishingiz mumkin.

Sayt | Instagram | Telegram | Facebook