Night Party hamkori — Belissimo Pizza pisseriyalar tarmogʻini taqdim etamiz

15 Сентябрь, 2023

Night Party hamkori — Belissimo Pizza pisseriyalar tarmogʻini taqdim etamiz

Belissimo tadbirkorlar Farrux va Sunnat Abdullayev tomonidan 2015-yilda, Farrux Abdullayev AQSHdan Oʻzbekistonga qaytganidan keyin taʼsis etilgan.
2023-yil sentyabr holatiga tarmoq Oʻzbekistonning barcha hududlarida 42 ta pisseriyaga ega. Tarmoqning birinchi filiali Next savdo markazida ochilgandi. Dastlab brend italyancha kafe sifatida oʻzini taqdim qilgan. 2017-yilla kompaniya rebrending oʻtkazdi va Belissimo Pizza deb atala boshladi.

Xuddi oʻsha 2017-yilda Belissimo Pizza pisseriyasi Oʻzbekistondagi bepul yetkazib berishni yoʻlga qoʻygan birinchi brend boʻldi.

Belissimo Pizza xalqaro halollik sertifikatiga ega!

Sayt | Instagram| Facebook | Telegram