“MAKON Marketing Forum 2023”ning titul hamkori

02 Май, 2023

“Mikrokreditbank” ATB – “MAKON Marketing Forum 2023”ning titul hamkori

“Mikrokreditbank” ATB mamlakatimizning eng yirik banklaridan biri bo‘lib, aholi va tadbirkorlarga zamonaviy va qulay xizmatlar taqdim etishni maqsad qilgan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, o‘zini o‘zi band qilganlarni va aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga, yangi ish o‘rinlari yaratishga moliyaviy resurslar taqdim etish, shuningdek respublikaning hamma hududlaridagi barcha aholi qatlamlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirish.

????Rivojlanish strategiyasi
PWC bilan hamkorlikda bankni 2025-yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi, u 6 ta yo‘nalish va 33 ta loyihani o‘z ichiga oladi:
- infratuzilmani va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sharoitlarini rivojlantirish;
- korporativ boshqaruvni takomillashtirish;
- moliyaviy boshqaruvni rivojlantirish;
- HR-funksiyalarni rivojlantirish;
- biznes-jarayonlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish;
- sotuvlar va bank mahsulotlari kanallarini rivojlantirish.

????Yangi raqamlashtirish loyihalari
Yangi “Mavrid” mobil ilovasi ishga tushirildi, CRM tizimi, Kredit konveyeri joriy qilindi, yangi korporativ sayt ochildi, Kol-markaz modernizatsiya qilindi, bank xodimlari uchun “iSpring” o‘quv onlayn-platformasi ishga tushirildi.

????Reytinglar
Fitch Ratings «VV-» «Barqaror».
Moody's «Ba3» «Barqaror».

Sayt | Instagram |Facebook| Telegram