Kun qahramoni — Violetta Filchenko

24 Январь, 2024

«Kun qahramoni» rukni doirasida yangi qatnashchi

Violetta Filchenko«KeyConsulting» kompaniyasi loyihalar rahbari


Tajriba va yutuqlar:

  • 2008-yilda marketing tadqiqotlari sohasidagi faoliyatini oddiy intervyu oluvchi sifatida boshladi
  • 2017-yildan «KeyConsulting» kompaniyasida loyihalarga rahbarlik qiladi.
  • uning rahbarligi ostida 20 000 dan ziyod maxfiy xaridor tashriflari amalga oshirildi, 60 dan ortiq marketing tadqiqotlari o‘tkazildi.

— : «2017-yildan buyon «Maxfiy xaridor» loyihasi bilan shug‘ullanaman, bugungi kunda butun mamlakat bo‘ylab 600 dan ziyod kishi maxfiy xaridor bo‘lib ishlaydi. Bu biznesga servisni mijozlar ko‘zi bilan ko‘rsatishga tayyor bo‘lgan, e'tiborli insonlarning ulkan jamoasidir. Maxfiy xaridor mijozning yo‘lini boshidan oxirigacha namoyon etmaydi, lekin kompaniyada qabul qilingan mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlariga joylardagi xodimlar qanchalik rioya etishlarini shaffoflik bilan ko‘rsatadi. Loyihalar sirasida «TBC Bank», NBU, «Agrobank», «Aloqabank», «Safia» qandolat uyi, «Ipoteka Bank», KFC va boshqalar mavjud.»