Kun brendi — The Tower

17 Январь, 2024

“Kun brendi” rukni doirasida yangi qatnashchini e'tiboringizga taqdim etamiz


“The Tower FMG” boshqaruvchi kompaniyasi O‘zbekistonda 2016-yildan buyon SKM, BM, TJM va bog‘lar sohasida muhim loyihalarni yuritadi.

Bugungi kunda “The Tower FMG” tijorat va turar joy ko‘chmas mulki aktivlarini boshqarish va ekspluatatsiya qilish sohasida faoliyat olib boradi.


Kompaniya loyihalari sirasida:

▪️ “Anhor Park” bolalar uchun savdo galereyasi — bu O‘zbekistondagi shu turdagi noyob loyihadir.
U poytaxtdagi eng yaxshi bog‘lardan birining qoq qalbida joylashgan. Birinchi qavatdan «Makro» supermarketi, «FixPrice» do‘koni va «EvoEva» kosmetika do‘koni, shuningdek fudkort, brendli bolalar do‘konlar va «Rocket» bolalar maydonchasi joy olgan.
Ikkinchi qavatda «Chekhov» sport klubi faoliyat yuritadi.

▪️ “DePO Mall” bu nomni tarixiy 2-sonli tramvay depo o‘rnida joylashganligi uchun olgan.

▪️ «The Tower» kompaniyasining ahamiyatli ijtimoiy loyihalaridan biri “Ecopark” sanaladi. U eski hayvonot bog‘i o‘rnida, Abdulla Qodiriy va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida joylashgan. Kiraverishda tashrif buyuruvchilarni ta'mirlangan favvora kutib oladi. Ekoparkning yam-yashil xiyobonlari haykallar va gulzorlar bilan bezalgan, markaziy qismida naqshinkor ko‘prikli sun'iy ko‘l va “Muhabbat oroli” barpo etilgan.