Kia — Auto partner MAKON Marketing Forum

17 Май, 2024

«Kia» brendi— 1944-yilda ta'sis etilgan Janubiy Koreyaning «Kia Corporation» kompaniyasining loyihasidir. Vaqt o‘tgan sayin kompaniya turli bozorlar uchun keng modellar qatorini taklif etuvchi eng yirik jahon avtoishlab chiqaruvchilardan biriga aylandi.

O‘zbekistonda «Kia» brendi avtomobillarini ishlab chiqarish «Jizzax» IEZda, «Kia» avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lmish «ADM Global» kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi, 2020-yilda xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan O‘zbekistondagi birinchi avtomobil zavodi – «ADM Jizzakh»da amalga oshiriladi.

2024-yil 27-martda «ADM Global» kompaniyalar guruhi «Kia Sonet» sinov ishlab chiqarilishi muvaffaqiyatli yakunlangani va «Sonet» avtomobillarining ilk partiyasini ishlab chiqarish boshlanganligini e'lon qildi. Bu krossover O‘zbekiston hududida «ADM Jizzakh» zavodida kuzovlarni kavsharlash va bo‘yashni ko‘zda tutadigan to‘liq texnologik sikl (CKD)da ishlab chiqariladigan ilk «Kia» modeli bo‘ldi.

«ADM Global» kompaniyalar guruhi va «Kia Corporation» kompaniyasi o‘rtasida distribyutorlik kelishuvi imzolangan sanadan boshlab 30 000 dona «Kia» brendi avtomobili sotildi.

Hozirda «Kia» dilerlik tarmog‘i butun O‘zbekiston hududida 20 ta rasmiy markazlarga ega.

Kompaniya o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishga faol sarmoya kiritib, eng yaxshi mutaxassislar bilan hamkorlik qiladi va ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanadi.

«Kia» bilan hayotingiz qulaylik, mashina boshqarishdan qoniqish va avtomobil sifatiga aminlikka to‘liq bo‘ladi.

Website | Instagram | Telegram | Telegram-bоt