“Influencer Awards 2023” mukofoti finalchilarining nomlari maʼlum boʻldi.

09 Февраль, 2024

Umid Gʻofurov — mukofot ekspert hayʼati raisi:

"Bir necha kun davomida hayʼat aʼzolari bilan short-listni shakllantirish uchun Influencer Awardsʻning 334 nafar nominantining kontentini koʻrib chiqdik.

Kontent, mualliflik yondashuvi, vizual, prodakshen sifati, auditoriyaning jalb qilinganligi, sohta obunachilar yoʻqligi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya etilishi va boshqa koʻplab koʻrsatkichlarni tahlil qildik.

Chuqur tahlildan soʻng bir necha nominantni qonunchilikni, jumladan reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganligi uchun chetlashtirishimizga toʻgʻri keldi. Shuningdek, bir necha qatnashchi Giveaway tanlovlar tashkil etgani va ularda qatnashgani uchun chetlatildi, chunki bu hayʼat va kuzatuvchilar tomonidan xolis baho berish jarayonini murakkablashtiradi.

Eʼtibor bergan boʻlsangiz kerak, ayrim qatnashchilar bir nominatsiyadan boshqasiga oʻtkazildi. Kontent chuqur tahlil qilingandan soʻng, bir qancha qatnashchilar oʻzlariga ko’proq muvofiq bo’lgan nominatsiyaga ko’chirildi.

Eslatib oʻtaman, reglamentga koʻra, kontentning kamida 50 foizi tanlangan nominatsiyaga muvofiq bo’lishi lozim.

Bir necha qoʻshimcha tekshiruvlardan keyin 136 finalchidan iborat short-list shakllantirildi.

Endi oldimizda yanada murakkabroq vazifa turibdi: 136 ishtirokchi ichidan 26 nominatsiyada gʻoliblarni aniqlash. Zero, munosiblar juda koʻp!

Kim gʻolib boʻlishini esa, 17-fevral, soat 19:00 da ”Hyatt Regency Tashkent“da oʻtadigan Taqdirlash marosimida bilib olasiz! Barcha qatnashchilarni taklif etaman! Taqdirlash marosimiga kirish erkin”.

Mukofot finalchilari

+99897 402 28 20