Ilk digital “xalfana”-konsertga ro‘yxatga olish davom etmoqda!

22 Сентябрь, 2023

Ilk digital “xalfana”-konsertga ro‘yxatga olish davom etmoqda!

Digital “xalfana” - konsert  — reklama bozorining vakillari uchun norasmiy tadbir – endi O‘zbekistonda! Birinchi marta reklama ekspertlari keyslar haqida so‘zlamay, qo‘shiq kuylaydilar! Hyech qanday keys, hyech qanday spiker, hyech qanday taqdimot bo‘lmaydi.

Andrey Osokin
«Detskiy Mir» marketing direktori

Andrey aytishicha, uzoq yillar marketingda ishlash davomida u o‘z ishidan lazzat va adrenalin olib keladi va uning uchun bu go‘yoki konsert – unda bor kuchini berishi, natija uchun tirishishi, shuning barobarida, bundan g‘ayratga to‘lishi zarur!

Anya Vetrinskaya
“Sbermegamarketing” direktori

Muzokaralarda nazokatli va navozishli, strateg hamda taktik va albatta, istarasi issiq hamda maftunkor bu qiz sahnada musiqaga singib ketadigan, bungacha sahnasiz qanday yashay olganini tushunolmaydigan rok qirolichasiga aylanadi.

Diyor Mirzaahmedov
O‘zbekiston marketing uyushmasi boshqaruvi raisi

Ilya Starostin
“xalfana”-konsertning ilk ishtirokchilaridan biri

Lirik balladalar, romantik navolar va parchalangan ayollar qalblari yo‘nalishi uchun javob beradi!
Go‘zallar, hazir bo‘ling!
Musiqadan bo‘sh paytida esa, “Nestle” kompaniyasida strategiya va rejalashtirish bilan shug‘ullanadi.

Dmitriy Belchenko
Notaga mutlaqo tusha olmaydi, shu bilan birga, digital “xalfana”- konsertning ilhom manbasi va otasi.

U sahnaga chiqmaydi, tomoshabindan minnatdorlik eshitmaydi ammo mana 3 yildan buyon shu tadbirni o‘tkazib keladi. Endi xalqaro miqyosda!
Yaqqol ko‘rinib turibdi – tijorat direktori.

Vadim Akimov
Digital “xalfana”-konsertning qalbi va ruhi

Qachondir, 3 yil oldin, Dmitriy bilan hamkasblar uchun korporativ o‘tirishni yaxshiroq o‘tkazish haqida xayol surib, qo‘shiq kuylab, oqshomni ajoyib o‘tkazishga kelishib oldilar. Hozir esa u xalqaro musiqaviy digital lazzatning hamtashkilotchisi.

Eduard Gabrielyan
“Httpool by Aleph” kompaniyasi mintaqaviy direktori

Tanishuv tarixi g‘aroyib.
Mintaqaviy direktor sifatida, Eduard Rossiyada nimalar ro‘y berayotganidan xabardor edi – ishi shunday. Ammo hamkasblar tajribasini tushunish, kayfiyatni anglash va ishchan vositalarni qayd etish faqat ungagina kerak emasdi. Faol va qoni qaynoq inson o‘laroq, u “xalfana”-konsert haqida bilmay qolmadi. Bu vaqt davomida muhabbat hijron o‘tida yonardi! Biz uzoq vaqt uchrashish istagida yurdik va nihoyat bunga erishdik!

Aleksandr Tarabanovskiy
Boshqaruvchi hamkor MedUp / PETKT.RF

Aslida, u turar-joy binosining boshida edi. Yo'q, men Tsoy bilan Sankt-Peterburgda ichmadim, lekin birinchi kontsertlarni o'ynadim.
Biroq hayotning ta’kidlashicha, biznes manfaatlari O‘zbekistonga e’tibor qaratdi. Ammo ichingizda tosh bo'lsa, ijod sizni topadi. Va kvartira egasi uning birinchi qadamlarini ko'rgan odamga keldi!

7- oktbyar, 2023
23:00 - 01:00
Steam bar

Qatnashish – bepul,
ro‘yxatdan o‘tish lozim: https://digitalkvartirnik.timepad.ru/event/2547197/