HUMO ARENA — “MAKON Marketing Forum 2024” event-hamkori

25 Апрель, 2024

HUMO ARENA — eng tomoshabop voqealar o‘tadigan maskan!

  • Jamoamiz arenani shunchaki super-texnologik maydoncha emas, balki joziba makoniga aylantirishga intiladi, chunki:
    Biz o‘z brendimiz ostida katta konsertlar va festivallar o‘tkazamiz, bu bilan o‘zbekistonlik ijrochilarni qo‘llab-quvvatlab, shuningdek, trendda bo‘lgan holda, Toshkent va butun mamlakat madaniy saviyasini oshiramiz;

  • Biz mamlakat va Prezidentning sog‘lom turmush tarzi borasida tutgan yo‘li doirasida faoliyat yuritib, O‘zbekiston sport federatsiyalari uchun qo‘llab-quvvatlovni hamda mashg‘ulotlar va jahon miqyosida chempionatlar uchun bazani ta'minlaymiz;

  • 2024-yilda arenaga 5 yil to‘ladi va bu qisqa muddatda “Humo Arena”da 48 ta konsert va shou, 420 ta xokkey matchlari o‘tkazildi, bu yerda ko‘plab jahon yulduzlari chiqish qildilar, 130 000 dan ortiq aholi konkida uchdi;

  • 2023-yilda biz brendingni, saytni yangiladik, qator yangi xizmatlarni joriy etdik va yubiley 2024-yilda jo‘shqin rivojlanish, tadbirlar va faolliklar soni o‘sishi sari dadil yuzlanamiz.

humoarena.com