Foyda.uz – O‘zbekiston iste'molchilari uchun Telegram kanali!

13 Сентябрь, 2023

Foyda.uz – O‘zbekiston iste'molchilari uchun Telegram kanali!

O‘zbekiston marketing uyushmasi, UZINFOCOM yagona integratori va O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi birgalikda yangi loyiha joriy qildilar!

Bu yerda siz uchun quyidagilar muhayyo:

  • Foydali axborot;
  • Aksiyalar, chegirmalar;
  • Qimmatbaho yutuqlar o‘ynalishi;
  • Iste'molchilar fikrlari to‘g‘risidagi axborot;
  • O‘zbekiston bozoridagi yangi mahsulotlar va xizmatlar to‘g‘risidagi maqolalar;
  • Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilik;
  • Yangiliklar.

Foyda.uz – bu, avvalambor, Uyushma hamkorlari uchun iste'molchilarga qiziq bo‘lgan o‘z axborotini joylashtirishning yana bir imkoniyati.

Manfaatdor brendlarni yangi kanalimizda o‘z takliflari va foydali axborotlari bilan baham ko‘rishga taklif etamiz.

Kanalda axborot joylashtirish bepul, taklif 10-oktyabrgacha amal qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo'ling va 10-oktabrga qadar bepul ma'lumotlarni joylashtiring!