E'tiboringizga yangi Premium-hamkorimiz — «Okori Media Group»ni taqdim etamiz

22 Январь, 2024

E'tiboringizga yangi Premium-hamkorimiz — «Okori Media Group»ni taqdim etamiz


Biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor — Mirziyod Husanov


“Dentsu” — xalqaro reklama-media agentligi, u jahoning eng yirik media agentliklaridan biri bo‘lib, dunyoning 145 mamlakatida faoliyat yuritadi. O‘zbekistonda «Dentsu»ni OKORI taqdim etadi, u raqamli reklama, televizion reklama va tashqi reklama kabi yo‘nalishlarni qamrab oluvchi ko‘p qirrali xizmatlar provayderi sanaladi.


: «Biz 5 yildan buyon FMCG, bank-moliya, fintex, farmatsevtika, avtomobil sanoati va boshqa ko‘plab tarmoqlardagi yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qilib kelayotganimizdan faxrlanamiz.

Jamoamizning har bir a'zosi muntazam ravishda malakasini oshirib, ko‘nikmalar ko‘lamini kengaytirib boradi. Bu bizga eng murakkab vazifalarni ham muvaffaqiyatli hal qilish va har qanaday murakkablikdagi reklama kampaniyalari uchun javobgarlikni zimmamizga olish imkonini beradi. Biz mijozlarimizga reklama sohasida samarali va innovatsion yechimlar taqdim etib, faoliyatimizning har bir jihatida yuksak sifatga intilamiz».


Kompaniya festivallar va soha tanlovlarida muntazam e'tirof va sovrinlarga ega bo‘lib keladi


Sayt | Instagram | Facebook | YouTube