E'tiboringizga yangi Premium-hamkor — «GREEK STYLE» kompaniyasini taqdim etamiz.

08 Май, 2024

Marketing bo‘limi boshlig‘i — Karimov Kamoliddin Pazletdinovich
Kompaniya muassisi va direktori — Daminova Nazokat Azimbaevna

«GREEK STYLE» O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda xonalararo eshiklar va oshxona mebelini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi sanaladi, shuningdek temirdan xonalararo, texnik va yong‘inga qarshi eshiklar ishlab chiqaradi. Korxona qisqa muddatlarda istalgan ko‘lamda standart va nostandart eshiklar tayyorlashdan tortib, to‘liq siklda ishlab chiqarishning keng imkoniyatlariga ega.

«GREEK STYLE» dizayn bilan shug‘ullanadi.
Interyer dizayn-studiyamiz bozorda mana, 11 yildan buyon ish yuritadi. Bu davr mobaynida biz 600 dan ziyod buyurtmachi uchun turli maqsadlardagi xonalar (xonadonlar, uylar, ofislar) dizayn-loyihalarini ishlab chiqdik.

"Kompaniyamizda siz uy dizaynining turfa xilini ko‘rishingiz mumkin va loyihangiz 3 kundan keyin qo‘lingizda bo‘ladi.
Bizga murojaat qiling va buyurtmangizdan 100% mamnun bo‘lasiz".

Instagram