E'tiboringizga «Kun brendi» rukni doirasida yangi qatnashchini taqdim etamiz.

14 Март, 2024

Mollequla — marketing xizmatlarining to'liq spektrini taqdim etadigan kreativ marketing agentligi. 2014-yilda tashkil etilganidan beri Mollequla marketing strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda yuqori darajadagi professionallik va innovatsion yondashuvni namoyish etib kelmoqda.

Agentlik brendlarni ilgari surishda, jumladan, bozor tahlili, noyob savdo takliflarni ishlab chiqish, maqsadli auditoriyani aniqlash va jalb qilish, shuningdek, turli marketing kanallari va vositalarini birlashtirishda kompleks yondashuvni taklif etadi
Ilg'or texnologiyalardan foydalanish, tadbirlarni tashkil etish va sifatli kontent yaratish Mollequlaga mijozlar bilan ishlashda yuksak natijalarga erishish imkonini beradi.

Ish faoliyati davomida Mollequla ko'plab taniqli brendlar, jumladan Tanho, Qanot Sharq, TEH TOOLS, Toretto, Solara va Somang uchun loyihalarni amalga oshirdi. Bu Mollequlani marketing hamkor sifatida tanlovchi mijozlarning ishonchi va qoniqish darajasi yuqori ekanligini tasdiqlaydi.

Marketing sohasidagi tajribasi va chuqur bilimlari tufayli mijozlarga nafaqat xizmatlar, balki biznes maqsadlariga erishish uchun keng qamrovli yechimlarni taklif etgan holda, Mollequla bozordagi mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda.

+998 95 540 33 33
www.mollequla.uz