E'tiboringizga «Kun brendi» rukni doirasida yangi qatnashchini taqdim etamiz.

14 Март, 2024

Payme — O‘zbekiston fintex-industriyasidagi yetakchi kompaniyalardan biri.

11 milliondan ziyod foydalanuvchilar qulayligi va to‘lov yechimlarining samaradorligi uchun allaqachon “Payme”ni tanladilar.

2012-yilda tashkil etilgandan va 2016-yilda mobil ilovasi ishga tushgandan buyon, kompaniya mijozlari uchun o‘z servisini yaxshilashda davom etmoqda, ularga kartadan kartaga o‘tkazmalarni amalga oshirish, kommunal va davlat xizmatlari uchun haq to‘lash, o‘z moliyasini boshqarish va boshqa ko‘plab amaliyotlarni bajarish imkonini yaratib kelmoqda.

Payme” o‘z mahsuloti, innovatsiyalari, kreativligi va marketingdagi yutuqlari uchun bir necha bor respublika va xalqaro miqyosdagi sovrinlarga munosib topilgan.

O‘tgan yilda TAFda “Payme” sovrinlar soni bo‘yicha rekord qo‘ydi, “The Global Economics Awards 2023” da esa “O‘zbekistonda mobil to‘lovlar texnologiyalari sohasidagi eng yaxshi kompaniya” nomiga sazovor bo‘ldi.

Payme”ning maqsadi — bozorda mijozlar tajribasini yaxshilashda davom etib, O‘zbekistondagi sevimli brendga aylanish.

Zero bu — insonlar ishonch bildiradigan brend.