Bayramingiz muborak, aziz ustozlarimiz!

02 Октябрь, 2022


Oʻzbekiston marketing uyushmasi ustozlar, pedagoglar va trenerlar – oʻz kasbiy bilimlari va malakalarini saxiylarcha baham koʻruvchi, koʻp yillik tajribalarini yoshlarga ulashuvchi, bizni rivojlanishga ruhlantiruvchi barcha insonlarni bayram bilan tabriklaydi!

Sizning xayrli va sermashaqqat mehnatingiz, qoʻllab-quvvatlashingiz va maslahatlaringiz bebaho, ular qalblarimizda haqli ravishda faxr va hurmat uygʻotadi!

Sizga mustahkam sogʻliq, ijodiy gʻayrat va barcha rejalaringizning muvaffaqiyatli amalga oshishini tilaymiz, hurmatli ustozlar!