AKFA BUILD brendi — “MAKON Marketing Forum 2024” rasmiy hamkori

14 Март, 2024

AKFA BUILD — yetakchi qurilish materiallari va sanoat elektr texnika jihozlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyadir.

“Kompaniyamiz bozorni innovatsion jihozlar bilan taʼminlaydi, buyurtmalarga masʼuliyat va tezlik bilan professional xizmatlar koʼrsatadi.

Bizning korxonamiz: katta assortimentdagi liftlar va eskalatorlar, issiqlik izolyatsiyali bazalt plitalar, HPL va PIR toʼldirgichli panellar, metal konstruksiyalari, sovutish jihozlari, havo almashtirish tizimlari, nasoslar, quyosh kollektorlari va isitish qozonlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Innovatsion mahsulotlardagi katta tanlov bizga eng tuli maqsadlar uchun moʼljallangan obyektlarni qurilish va jihozlashga boʼlgan ehtiyojlarni qondirish imkonini beradi. Ularga sanoat va turar joy binolari, biznes markazlar, doʼkonlar, HORECA sanoat, sogʼliqni saqlash va ijtimoiy yoʼnalishdagi obyektlar kiradi.

AKFA BUILD doimiy ravishda oʼzining ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologiyalarni va innovatsiyalarni joriy qiladi. Maqsadimiz — mijozlarimizga obyektlarni qurish va jihozlash uchun samarali, optimal yechimlarni taklif qilishdir."

AKFA BUILD — bu eng yaxshi gʼoyalar va loyihalarni amalga oshirish uchun ishonchli hamkoringizdir.

Instagram | Telegram | Website | YouTube | Facebook