Davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qo‘mitasining yig‘ilishi

21 Июль, 2022


20 iyul kuni Davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi bilan o‘zaro hamkorlik, tashqi reklama bilan bog‘liq masalalar, amaldagi qonunchilikka takliflar kiritish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ishtirok etgan barchaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz, “Nanotech Future Technologies” bo‘limi boshlig‘i Muzaffarov Farruxni qo‘mita raisi etib tasdiqlangani bilan tabriklaymiz!